Hujjatlar → Dahua
Dahua / IMOU NVR
Odatda dastur hammasini o'zi topadi. Bu sahifa qo'lda kiritish kerak bo'lgan holatlar uchun.
RTSP manzil formati
rtsp://LOGIN:PAROL@NVR_IP:554/cam/realmonitor?channel=1&subtype=1
| Parametr | Ma'nosi |
|---|---|
channel=1 | Kanal raqami (1, 2, 3…) |
subtype=0 | Asosiy oqim (og'ir — kerak emas) |
subtype=1 | Substream (yengil — shuni ishlating) |
ONVIF yoqish
NVR menyusi: Network → Access Platform → ONVIF → yoqing. Dahua'da ONVIF porti ko'pincha 80 yoki 8000 — dastur ikkalasini ham o'zi sinaydi.
Substream sozlash
Camera → Encode → Sub Stream: kodek H.264, o'lcham 704×576 (D1) yoki kichikroq, 10–15 fps. «Smart Codec / H.264+» ni o'chirib qo'ygan ma'qul — ayrim pleyerlar bilan mos kelmaydi.
Muhim
Dahua NVR bir vaqtda cheklangan RTSP ulanish beradi. Bitta kanalni bir nechta dasturda ochib qo'ymang — «tasvir kelmadi» chiqadi.