Hujjatlar → Xavfsizlik

Ma'lumot qayerda va qancha saqlanadi

Asosiy printsip: video do'konda qoladi, cloudga faqat hodisa va kerakli kadr boradi.

Do'konda (lokal)

NimaQayerdaMuddat
Uzluksiz videoNVR diskida (bizga tegmaydi)NVR sozlamasiga qarab
Hodisa videobuferiDo'kon kompyuterida3 kun, hajm chegarasi bilan
Kamera parollariDo'kon kompyuterida / cloudda shifrlanganXizmat davomida

Cloudda

NimaIzohMuddat
Hodisalar (kirdi-chiqdi, navbat…)Raqam va vaqt — video emasTarifga qarab, standart 30 kun
Hodisa kadrlari (rasm)Faqat qoida ruxsat berganlari30 kun / hajm kvotasi
Qisqa video kliplarRasmdan qisqaroq: bitta klip 50 MB gacha, diskni aynan shular to‘ldiradi7 kun
Issiqlik xaritasiFaqat sonlar to'ri, rasm emas90 kun
Davomat yuz kadrlariFaqat yozma rozilikli pilotda14 kun, avto o'chadi
Yuz namunalari (embedding)Shifrlangan, kalit bazadan alohidaXodim chiqquncha yoki so'rovgacha

Kim ko'radi

Do'kon ma'lumotini faqat o'sha do'kon paneli a'zolari (egasi qo'shganlar) ko'radi. Rasmlar hech qachon ochiq havola bilan berilmaydi — faqat tizimga kirgan foydalanuvchiga. Har so'rov shifrlangan aloqa (HTTPS) orqali.

Demografiya haqida

Jins/yosh statistikasi anonim: qurilma yuzni tanimaydi, yuz rasmi saqlanmaydi va yuborilmaydi, yuz namunasi (embedding) olinmaydi — faqat «ayol, ~30 yosh» ko'rinishidagi raqam hodisaga qo'shiladi. Mijozning ikkinchi tashrifi birinchisi bilan bog'lanmaydi.

Xodimlar sanoqqa kirmaydi

Xodim kuniga o'n martalab eshikdan o'tadi. Davomat (yuz tanish) yoqilgan do'konda tizim uni taniydi va uning o'tishlari mijoz sanog'idan, soatlik grafikdan va jins/yosh statistikasidan chiqarib tashlanadi. Hisobotda nechta o'tish chiqarilgani ham ko'rsatiladi.

Davomat yoqilmagan bo'lsa tizim xodimni mijozdan ajrata olmaydi — u holda kirish soni xodimlar hisobiga biroz yuqori chiqadi.

To'liq siyosat

Maxfiylik sahifasi · Davomat uchun rozilik shabloni · Do‘kon eshigiga kuzatuv eslatmasi.